O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda dzyudo boʻyicha Gran-pri musobaqasi boshlandi

2018-11-09 | Sport

Poytaxtimizda dzyudo boʻyicha Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnir boshlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF), mamlakatimiz dzyudo federatsiyasi tomonidan qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan nufuzli turnirda dunyoning 50 ga yaqin davlatidan 350 dan ortiq sportchi sovrinli oʻrinlar uchun kurashmoqda.
 
Mamlakatimizda yosh avlodni jismonan va maʼnan sogʻlom etib tarbiyalash, sportni rivojlantirish, bu jarayonda Olimpiya sport turlarini yanada ommalashtirish, jahon maydonlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir isteʼdodli sportchilarni tayyorlash va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga doimiy eʼtibor qaratilmoqda.
 
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 9 martdagi Oʻzbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlashga oid, 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 10 avgustdagi “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi qarorlari qabul qilinishi soha rivojida muhim dasturilamal boʻlmoqda.
 
“Oʻzbekiston” sport majmuasida oʻtayotgan turnirda Vatanimiz sharafini erkaklar oʻrtasida 28, ayollar oʻrtasida 23 dzyudochi himoya qilmoqda.
 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA

Поделиться