O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vazirligi va Kembridj Innovatsion parkining Xitoy Markazi: uch tomonlama hamkorlik boshlanishi!

2018-11-08 | Innovatsiya

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “Kembridj Innovatsion parkining Xitoy Markazi”/“Cambridge Accelerate” oʻrtasida hamjihatlik toʻgʻrisida memorandum tuzildi. Memorandumni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda “Cambridge Accelerate” muassisi va bosh direktori Jenni Vong imzoladilar.

Taʼlim, ilm-fan, texnologiyalar, ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni amalga oshirish, tajriba almashish maqsadida tomonlar hamkorlikda taʼlim va ilmiy-tadqiqot dasturlar, ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni oʻzlashtirishga doir loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-texnikaviy maʼlumotlar va innovatsion texnologiyalar bilan almashinish, talabalar va oʻqituvchilar oʻzaro almashinuvini amalga oshirish, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot, tajriba konstruktorlik, texnologik tadqiqotlar qilish, yangi turdagi texnika va texnologiyalarni yaratish hamda yurtimiz hududidagi innovatsion texnoparklar bilan hamkorlikdagi loyihalar va tadbirlarni tashkil etishga kelishdilar. Shuningdek, Jenni Vong tijoratlashtirish boʻyicha biznes modellarni rivojlantirish, startap loyihalarni, jumladan venchur kapitalini shakllantirish boʻyicha maslahatlar berishga tayyor ekanligini bildirdi.

Kembridj Innovatsion parkining Xitoy Markazi faoliyati Kembrij, Buyuk Britaniya hamda Xitoy kompaniyalarining xalqaro hamkorligi va moliyalashtirilishini ragʻbatlantirishga qaratilgan boʻlib, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi munosabati bilan yangi hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga xizmat qiladi. Oʻz navbatida, Britaniya qirolligi va Chin mamlakatida yaratilayotgan eng zamonaviy texnologiyalarning birlashuvi hali koʻrilmagan inqilobiy natijalarga olib kelishiga sabab boʻlishi kutilmoqda.

–Toshkentga qilgan safarim chogʻida yurtingizda innovatsion sohada amalga oshirilayotgan ishlar menda katta taassurot qoldirdi, – dedi Jenni Vong. – Hamkorligimiz tomon birinchi qadam tashlandi. Uch mamlakat oʻrtasidagi innovatsion hamkorlik davlatlarimizning taraqqiyotiga yana-da koʻproq turtki boʻlishiga ishonchim komil.

Kembridj Innovatsion parkining Xitoy Markazi Angliyaning Kembridjshir grafligining janubiy qismida joylashgan boʻlib, mazkur texnoparkda koʻplab yirik kompaniyalar faoliyat yuritishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan, uni kengaytirish masalalari, qoʻshimcha qurilish ishlarini amalga oshirish masalalari ham muhokama etilmoqda. Shu inshootlarga masʼul “Paragon Land & Estates” kompaniyasi rahbari Nikolas Lankaster “Xitoy va Buyuk Britaniyaning hamkorligini yangi ikki boshli ajdarning uygʻonishiga oʻxshaydi, u dunyoni larzaga solishga tayyor” degan boʻlsa, bu hamkorlikka endi Oʻzbekistonning ham qoʻshilishi, xitoylarda taraqqiyot, baxt-saodat ramzi boʻlgan ajdahoning, hozirgi kun tili bilan aytganda ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning, innovatsiyalarning yangi bosqichga chiqishiga umid bagʻishlaydi.

Поделиться