O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sud-huquq idoralari va OAV hamkorlik qoniqarlimi?
2018-11-06 | Jamiyat
Samarqand shahrida Adliya vazirligi, Sudyalar oliy kengashi hamda “Demokratiya va inson huquqlari” nodavlat notijorat instituti hamkorligida “Oʻzbekistonda sud-huquq idoralari faoliyati hamda fuqarolarning huquqiy islohotlarga oid xabardorligini oshirishda OAVning roli” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Unda ishtirok etgan viloyatdagi sudlar, adliya boshqarmasi, shahar va tumanlar adliya boʻlimlari, korxona va tashkilotlar huquqshunoslari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan huquqiy axborotlarni yoritishdagi muammolar muhokama etildi.
– Yurtimizda sud himoyasidan foydalanish huquqini yanada kuchaytirishga katta eʼtibor qaratilmoqda, – deydi “Demokratiya va inson huquqlari” nodavlat notijorat instituti direktori Sayyora Xoʻjayeva. – Aynan shu jabhada sud-huquq idoralari va ommaviy axborot vositalari hamkorlikni kuchaytirish lozim. Biroq bu borada hali qilinadigan ishlar, muammolar koʻp. Ushbu seminardan koʻzlangan maqsad ham shu muammolarni bartaraf etish va hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdir.
Seminar-trening davomida soha mutaxassislari tomonidan mavzuga doir maʼruzalar tinglandi.
Shundan keyin ishtirokchilar uchun ommaviy axborot vositalarida huquqiy mavzularni yoritishning shakl va usullari yuzasidan oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Gʻolib ABDUSALOMOV.