O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston mudofaa vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
2018-11-05 | Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi Farmoni bilan Oʻzbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Shuxrat G‘ayratdjanovich Xalmuxamedov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Prezident Farmoni bilan polkovnik Shuxrat Xalmuxamedov oʻrniga Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondonining qurol-aslaha boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Oybek Ortikovich Ismoilov Oʻzbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.