O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sport taʼlimi: kadrlar tayyorlashning bugungi holati qanday?

2018-11-05 | Jamiyat

2018-yil 2-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tomonidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya sohasi boʻyicha mutaxassislarni ilmiy metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Oʻzbekistonda sport taʼlimi sohasini rivojlantirish, sportchilarni tayyorlash tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Deputatlar, jismoniy tarbiya va sport sohasi vakillari, professor oʻqituvchilar hamda OAV vakillari qatnashgan tadbirda qayd etilganidek, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasiga keyingi yillarda juda katta eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori bilan mazkur sohada davlat boshqaruvi tizimi tubdan takomillashtirilib, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi vazirlikka aylantirildi, uning vakolat doirasi yanada kengaytirildi.

Eʼtiborli jihati, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mazkur vazirlik huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasiga aylantirilib, uning hududiy boʻlinmalari tashkil qilindi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad, eng quyi boʻgʻinlarda ham, mahallalarda ham jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, bolalarning sogʻlom voyaga yetishini taʼminlashdir.

Bundan tashqari, futbolni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va koʻnikmani rivojlantirish maqsadida 14 ta hududiy bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasi hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida Respublika bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasi tashkil etildi. Ayniqsa, majburiy maktab dasturlari doirasida 150 ta umumtaʼlim maktabi oʻquvchilarini tajriba tariqasida shaxmatga oʻqitish tashkil qilindi. Shaxmat boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi tasarrufiga berildi. 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha shaxmat klublari hamda shaxmatga oʻqitish va shaxmatchilar tayyorlashni amalga oshiruvchi sport muassasalari Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan holda, majburiy akkreditatsiyadan oʻtkazilishi tartibining belgilanishi “aql gimnastikasi”ga kundan kun katta eʼtibor berilayotganini koʻrsatadi.

Shuningdek, hozirga qadar faoliyat koʻrsatib kelayotgan 15 ta olimpiya zaxiralari maxsus maktab-internatlari ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlariga aylantirildi. Isteʼdodli yoshlarni saralab olishga (seleksiya) hamda respublika va xalqaro sport musobaqalarida olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha sport klublari hamda jamoalarini tashkil etishga qaratilayotgan jiddiy eʼtibor yoshlarni oʻz oldiga aniq maqsad qoʻyib, erishish uchun tinimsiz mehnat qilishga undashi tabiiy.

Isteʼdodli sportchilarni tarbiyalash va oʻqitishda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga aylantirilgani ham alohida eʼtiborga molik. Universitetda kelgusida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xalqaro standartlar va kadrlar tayyorlashning ilgʻor tajribasini inobatga olgan holda, tegishli yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanmoqda.

Oʻqitishning innovatsiyaviy uslublarini rivojlantirish, oʻquv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash, talabalar, oʻqituvchilar va yosh tadqiqotchilarning sport faoliyatiga oid xalqaro axborot va taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, taʼlim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilishga alohida eʼtibor qaratiladi. Shuningdek, tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda talabalarning akademik almashinuvini taʼminlash boʻyicha yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik mustahkamlanadi.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishonining taʼsis etilishi ushbu soha vakillarining jamiyatdagi oʻrni, obroʻsi va nufuzini oshirishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyatga ega.

Davra suhbatida, umuman, mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ular berayotgan natijalar atroflicha tahlil qilindi. Sport taʼlimini rivojlantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, sohaning istiqbollari xususi soʻz yuritildi.

Поделиться