O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turoperatorlik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar soni ortib bormoqda
2018-11-05 | Turizm
Joriy yilning 1-yanvaridan 1-oktabr sanasiga qadar turizm (turoperatorlik) faoliyatini amalga oshirish xuquqini beruvchi litsenziya olgan tadbirkorlik subyektlari soni 199 taga yetdi. 2017 yilda 9 oylik vaqt ichida 83 tadbirkorlik subyektlari litsenziya olgan edi. Oʻtgan yilgiga nisbatan bu koʻrsatkich 2,4 barobarga oʻsdi.
Bugungi kunda turizm faoliyatini amalga oshirish xuquqini beruvchi litsenziyaga ega va faoliyat koʻrsatib kelayotgan korxonalar soni 922 tani tashkil etmoqda.