O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Respublikasida turizm belgilarini joriy qilish

2018-11-05 | Turizm

Turizm rivojlanishining dunyo tendensiyasi turizm sanoatining doimiy oʻsishini namoyish qilmoqda. Oʻzbekistonda ham chiqish, ham ichki turizm boʻgʻimida turizm xizmatlari sektori oʻsib bormoqda.

Turizm bozori ekspertlari va ishtirokchilari tomonidan turizm tarmogʻiga Oʻzbekistonning madaniy-tarixiy merosi obyektlari integratsiyasining yetarli darajada emasligi aytib oʻtiladi, bu eng avvalo xorijdagi madaniy-tarixiy obyektlarga xos boʻlgan turistlar uchun asosiy servis funksiyalari yoʻqligi hisobigadir. Koʻpgina madaniy muassasalarda turistlar va tashrif buyuruvchilar uchun yoʻnalishni koʻrsatadigan maʼlumotlar umuman yoʻq yoki ular isteʼmolchining zamonaviy ehtiyojlariga javob bermaydi, yoki kam va xonaki tarzda tayyorlangan.

Turizm-rekreatsiya infratuzilmasi obyektlariga tashrif buyurishni (eng avvalo yakka turistlar tomonidan) oshirish, oson yetib borish va turizm sohasiga madaniy meros obyektlarining maksimal tarzda integrallashuvi uchun Oʻz DSt 3331:2018 “Turizm xizmatlari. Turizm sohasida navigatsiya tizimining axborot belgilari. Umumiy talablar” standarti ishlab chiqildi.

Turizm yoʻl belgilari axborot beruvchi boʻlib ular talablarini buzish imkoni yoʻq. Shuni taʼkidlash zarurki yuqorida qayd etilgan tizimning vazifalaridan biri Oʻzbekistonning turizm infratuzilmasini ommalashtirishdan iborat boʻlishi kerak. Ushbu belgilarning asosiy vazifasi – turistlarga nomaʼlum joyda yoʻnalishni aniqlashda koʻmak berishdir. Jigarrang fondagi yoʻl koʻrsatkichlari xorij turistlarining yoʻnalishlari oʻtadigan yoʻllarda oʻrnatish uchun moʻljallangan. Infratuzilma obyekti (shahar, koʻcha, muzey, stadion va h.k.) va geografik obyektlarni anglatadigan belgilardagi yozuvlar davlat va ingliz tillarida yoziladi.

Shunday tarzda navigatsiya va yoʻnalishni koʻrsatuvchi maʼlumotlar tizimining yaxshilanishi turizm obyektlariga ayniqsa meʼmoriy va madaniy yodgorliklarga mosdir, hamda nafaqat turizm infratuzilmasini mukammallashtirish doirasida, balki mamlakatning tarixiy oʻtmishiga eʼtibor qaratish va hurmatni shakllantirish orqali Oʻzbekiston fuqarolarida vatanga muhabbat kabi qadriyatlarni rivojlantirish doirasida ahamiyatga egadir. Turistlar uchun navigatsiya va yoʻnalishni koʻrsatuvchi maʼlumotlar tizimining xalqaro namunalarini tanlashda turizm bozorining rivojlanishi yuqori darajada boʻlgan mamlakatlar tajribasini oʻrganishga ahamiyat berilgan. Xususan MDH hamda Yevropa ittifoqi mamlakatlarining xalqaro standartlari va tajribalari tahlil qilindi.

Grafik tizimning bir xilligini taʼminlash uchun piktogrammalarda birlashtiruvchi modul elementlaridan foydalaniladi. Sharhlar va stilizatsiya umumdavlat darajasidagi tizimning yuqori estetik talablariga javob beradi. Foydalanilayotgan rang, grafika, ularning haryoqlamaligi va tez tanilishi landshaf va iqlimiy xususiyatlariga qaramasdan Oʻzbekistonning barcha hududida belgilar va koʻrsatkichlarni oʻrnatish jarayonini standartlashtirishga imkon yaratadi. Tizimning qoʻllaniladigan koʻz bilan koʻriladigan elementlari turli millatlar va diniy konfessiyalarning vakillari qabul qilishidagi farqlarni hisobga olib ishlab chiqilgan.

Ushbu turizm yoʻl belgilari joylardagi hokimiyatlar qarori boʻyicha oʻrnatiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi qoshidagi “Uzavtoyoʻlbelgi” DUK tomonidan tayyorlanishi mumkin. Manzil: Toshkent shahar, Mustaqillik shox koʻchasi, 68-uy. Bogʻlanish uchun telefon: 71 268 92 49.

Поделиться