O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Din ishlari boʻyicha qoʻmita tizimida har oyning birinchi yakshanbasi “Muruvvat kuni”
2018-11-05 | Jamiyat
Tashkilotchilar: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi.
Tashkilotchilar: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi.
2018 yil 4 noyabr kuni soat 11:00 da “Rayhon” milliy taomlar oshxonasi
28 oktyabr kuni poytaxtimizdagi Shayx Zayniddin jome masjidida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita tashabbusi bilan jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarimiz bilan ochiq muloqot tashkil etilib, har oyning birinchi yakshanbasi “Muruvvat kuni” sifatida belgilangan edi.
Joriy yilning noyabridan eʼtiboran har oyning birinchi yakshanbasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita tizimida “Muruvvat kuni” deb belgilandi va uning doirasidagi dastlabki uchrashuv 4 noyabr kuni Toshkent shahrida tashkillashtirildi. Tadbirda 250 nafar koʻzi ojiz hamda eshitish va gapirishda imkoniyati cheklanganlar ishtirok etdi.
Shu kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan Saudiya Arabistonidan maxsus keltirilgan brayl yozuvidagi Qurʼoni Karimning noyob nusxasi koʻzi ojizlarga tuhfa etildi.
Tadbir davomida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ham qimmatli sovgʻalar taqdim etilishi yigʻilganlarga xush kayfiyat bagʻishladi.
Imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz tomonidan namoz, poklik va boshqa diniy adabiyotlarni brayl yozuvida nashr qilish va audio-disklar chiqarish, maʼrifiy suhbatlar sonini yanada koʻpaytirish, shuningdek, diniy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish uchun bino ajratish, diniy telekoʻrsatuvlarga surdo tarjimonlarni biriktirish, juma maʼruzalarini surdo tarjimonlar yordamida onlayn tartibda berib borish, imkoniyati cheklangan insonlar uchun maxsus sayt tashkil qilish boʻyicha qator takliflar bildirildi.
Oʻzbekistonda 23 ming nafar kar-saqov boʻlsa-da, ularga 50 nafargina surdotarjimon bor, – deydi mehmonlardan biri. – Hech boʻlmasa, 300 nafar ana shunday tarjimon kerak. Bugungi kunda masjidlarda ham surdo tarjimonlarga katta ehtiyoj bor.
Tadbirda shu kabi muommolar va ularning yechimi yoʻlida qator takliflar bildirildi. Keyingi muruvvat kuniga qadar amalga oshiriladigan rejalar belgilab olindi.
Navbatdagi “Muruvvat kuni” 2 dekabrda boʻlib oʻtadi.