O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa Parlamenti delegatsiyasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga tashrif buyurdi

2018-11-05 | Jamiyat

2018-yil 2-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Markaziy Osiyo va Mongoliya davlatlari bilan munosabatlar bo‘yicha Yevropa Parlamenti delegatsiyasi raisi Iveta Grigule-Peterse boshchiligidagi deputatlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yevropa Parlamenti delegatsiyasi “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” parlament hamkorligi qo‘mitasining 14-majlisida ishtirok etish uchun 31-oktabr kuni O‘zbekistonga yetib kelgan edi. Shu munosabat bilan Yevropa Parlamenti deputatlari sohalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish va tajriba almashish maqsadida qator davlat organlariga tashrif buyurishdi. Delegatsiyaning Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidagi uchrashuvi ham ana shunday tashriflardan biri bo‘ldi.

Uchrashuvda delegatsiya raisi bilan birga, rais o‘rinbosari Miroslavs Mitrofanovs, delegatsiya a'zolari Yoaxim Seller, Yozo Radosh, Inesse Vaydere, Andreys Mamikins, Vulf Klinz hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi vazirlik mas'ul shaxslari ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida aholi bandligini ta'minlash, majburiy mehnatga qarshi kurashish, paxta yig‘im-terimi bo‘yicha O‘zbekistonda so‘nggi yillar amalga oshirilayotgan amaliy ishlar xususida fikr almashildi. Delegatsiya vakillari, ayniqsa, aholining o‘sish sur'ati yuqori bo‘lgan O‘zbekistonda ishsizlikka qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va demografik shakllanishga mos ravishda mehnat bozorini muvofiqlashtirishga oid O‘zbekiston tajribasiga alohida qiziqish bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlab borish va kelgusida mehnat sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.

Поделиться