Qatar poytaxti Doha shahrida sport gimnastikasi boʻyicha jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqada oʻzbek sporti afsonasi Oksana Chusovitina ham ishtirok etmoqda. Hamyurtimiz tayanib sakrash mashqlarida 14,200 ball jamgʻardi va beshinchi natija bilan
finalga yoʻl oldi. Hal qiluvchi bahslar 2 noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, sport gimnastikasi boʻyicha 48-marotaba tashkil etilayotgan ushbu jahon chempionati Tokio 2020 Olimpiya oʻyinlari uchun dastlabki litsenzion musobaqa hisoblanadi.