O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻz SSP ga Xitoy xalq Respublikasi Sindao shahri Xalq hukumati kanselyariyasi direktori oʻrinbosari Van Sinchun boshchiligida delegatsiyasi tashrifi amalga oshirildi

2018-10-26 | Iqtisodiyot

21-24-oktabr kunlari Oʻzbekistonga Xitoy xalq Respublikasi Sindao shahri xalq hukumati kanselyariyasi direktori oʻrinbosari Van Sinchun boshchiligida delegatsiyasi tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif doirasida 23-oktabr kuni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasida mazkur delegatsiya vakillari bilan A.Ikramov hamda rais oʻrinbosari I.Jasimov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad Xitoy Xalq Respublikasi Prezidenti Si Szinpinning yangi tashabbusi boʻlgan “Sindao shahrida Xitoy-SHHT savdo-iqtisodiy hamkorlik mintaqalararo hududi”ni tashkil etish masalalarini muhokama qilishdan iborat.

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalari kundan kunga rivojlanib bormoqda. Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoy xalq Respublikasiga qilgan davlat tashrifida amalga oshirilgan muzokaralarda oʻzaro hamda koʻp tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga oid masalalar muhokama qilingandi.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasida raisi A.Ikramov, mehmonlarga Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar haqida hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining faoliyati haqida gapirib oʻtdi. Shuningdek, bugungi kunda Xitoy xamda Oʻzbekiston aloqalarida oʻzaro hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish, ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish, ikki mamlakat xalqlarining farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishini alohida qayd etdi.

Uchrashuvda Xitoy xalq Respublikasi Sindao shahri xalq hukumati kanselyariyasi direktori oʻrinbosari Van Sinchun Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbariyatiga oʻz minnatdorchiligini bildirar ekan, mazkur tashrif doirasida olgan taassurotlari haqida toʻxtalib oʻtdi. Bugungi kunda Xitoy Oʻzbekistonga eng koʻp investitsiya kiritayotgan davlatlardan biri ekanligi bu esa ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro savdo-iqtisodiy munosabatlarning yanada mustahkamlanishini taʼkidladi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Xitoy ishbilarmonlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri hamkorlik aloqalarni oʻrnatish hamda ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro tovar aylanmasini oshirish maqsadida Sindao shahri tijorat boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda, oʻzaro savdo aylanmasi hajmini oshirishda yanada kengaytirishda xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida Xitoy delegatsiyasi tomonidan Sindao shahrining iqtisodiy va investitsion salohiyatiga bagʻishlangan videorolik namoyish etildi.

Поделиться