O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ogohlantiradi!

2018-10-23 | Turizm

Oʻzbekiston Respublikasida Turkiyaga sayyoh sifatida, taʼtil – dam olish maqsadida yoʻl olayotgan oʻzbekistonlik sayyohlar soni soʻnggi yillarda ortib bormoqda. Taʼtil uchun sayyohlar eng koʻp boradigan shaharlar Istanbul, Bodrum va Antaliya shaharlaridir. Oʻtgan yildan boshlab yozgi taʼtil vaqtlari Toshkent va Antaliya oʻrtasida Oʻzbekiston havo yoʻllarining charter reyslari ham yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, joriy yilning 23 may sanasidan 19 sentyabr sanasigacha 57 ta charter reyslar amalga oshirildi.

Hozirgi kunda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida Oʻzbekiston havo yoʻllari va Turkiya havo yoʻllarining haftasiga 18 ta havo qatnovi yoʻlga qoʻyilgan (Toshkent va Samarqand shaharlariga).
Soʻnggi vaqtlarda Turkiyaning dengiz sohilida joylashgan taʼtil – dam olish maskanlaridagi shaharlarida Istanbul shahridan avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport vositalari bilan qatnayotgan sayyohlar soni tobora ortib bormoqda va turizm mavsumi vaqtida haydovchilarning tezlikni oshirishi, kech vaqtlarda – kechalari yoʻlga chiqishi va haydovchilarning avtomobil haydash vaqtida uxlab qolishi sabablari bilan avtohalokatlar soni tobora ortib bormoqda.

Turkiya Respublikasi Statistik qoʻmitasi chop etgan rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 2017 yilda Turkiya avtomobil yoʻllarida 1 202 716 avtohalokat sodir boʻlgan boʻlib, 300 383 kishi jarohatlangan va 7427 kishi qurbon boʻlgan. 2017 yilda avtohalokat oqibatida vafot etgan kishilarning 43,2 foizi haydovchilar, 34,2 foizi yoʻlovchilar va 22,6 foizi piyodalardir. Avtohalokatlarning 67,4 foizi kunduz kuni, 30 foizi kechasi va 2,6 foizi kun botganida sodir boʻlgan.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, shuningdek fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va ogohligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Turkiyaga sayyoh sifatida dam olish uchun yoʻl olayotgan oʻzbekistonlik sayyohlarga imkon qadar Toshkent – Antaliya – Toshkent, Toshkent – Istanbul – Antaliya – Istanbul – Toshkent avia-qatnovlari bilan borishlarini, Turkiyaning dengiz sohillarida joylashgan dam olish maskanlaridagi shaharlariga Istanbul shahridan avtobus yoki mikroavtobuslar bilan borish istagi bor sayyohlarga imkon boricha faqat kunduzgi vaqtlarda yoʻlga chiqishlarini va haydovchining holati va sogʻligiga eʼtibor berishlarini (uzoq yoʻllarda qoida boʻyicha ikkita haydovchi boʻlishi kerak) tavsiya etadi.

Поделиться