O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston ishchi guruhlarining Namangan shahridagi uchrashuvi
2018-10-22 | Siyosat
2018-yilning 15-21-oktabr kunlari Namangan shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining muzokaralari boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv chogʻida ikki davlat manfaatlari hisobga olingan holda Fargʻona viloyati hududidagi Shohimardon uchastkasining Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyati bilan tutashgan qismi hamda Namangan viloyati Qandiyon-Buloq uchastkasining Qirgʻizistonning Jalolobod viloyati bilan tutashgan bir qismi bayon qilindi.
Muzokaralar yakunida Bayonnoma imzolandi.
Uchrashuv anʼanaviy doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va konstruktiv muloqot ruhida boʻlib oʻtdi.