O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Elnur Abduraimovdan ikkinchi gʻalaba!

2018-10-19 | Sport

Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Elnur Abduraimov AQSHda professional boksdagi ikkinchi jangini oʻtkazdi. AQSHning Kaliforniya shtati Indio shahridagi “Fantasy Springs Casino” arenasi mezbonlik qilgan bahsda bokschimizga amerikalik charm qoʻlqop ustasi Jovanni Gonsales raqiblik qildi.

Avvalroq, Elnur amerikalik boshqa bir bokschi Xose Salinasga qarshi ringga koʻtarilishi kerak edi. Lekin jangga bir kun qolganida raqib oʻzgardi.
 
Gonsalesga qarshi jangni katta ustunlik bilan boshlagan Abduraimov ikkinchi raundga kelib raqibini nokautga uchratdi. Bu Elnurning uchun ikkinchi jangdagi ikkinchi nokautli gʻalaba boʻldi.
 
Maʼlumot uchun, Gonsales prof ringda 7 ta jang oʻtkazib, ularning 5 tasida gʻalaba qozongan. 2 ta jangda magʻlubiyatga uchragandi. Bugun uchinchi magʻlubiyat boʻldi. Elnur esa bir necha kun oldin prof ringdagi debyutini amerikalik Aron Xollinsni nokautga uchratish orqali nishonlagan edi.

Поделиться