O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Toshkentga keldi
2018-10-19 | Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi. Prezidentlar shu yerda qisqa suhbat oʻtkazdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 19 oktyabr kuniga belgilangan.
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oʻzaro manfaatli hamkorlik doirasida yangi qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qiladi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashadi.
Tashrif yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinishi, yigirmata hujjat imzolanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston va Rossiyaning yetakchi kompaniyalari hamda sanoat korxonalari oʻrtasida yirik investitsiya va savdo shartnomalari imzolanishi koʻzda tutilgan.