O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
III Xalqaro kongress ishtirokchilaridan iborat Turkiya delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurdi
2018-10-18 | Jamiyat
Ijtimoiy fanlar boʻyicha xalqaro kongress ishtirokchilaridan iborat Turkiya delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurdi. Viloyat hokimligida delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Delegatsiyasi tarkibida tashrif buyurgan mehmonlar Turkiyaning buyuk millat majlisi raisi oʻrinbosari, III xalqaro kongress raisi Mustafa Shentop, kimyo va biokimyo fanlari boʻyicha shimoliy Karolina universitetining professori,kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar, Turkiya parlamenti deputati, Turkiyaning buyuk millat majlisi qoshidagi “Turkiya-Oʻzbekiston” parlamentlararo hamdoʻstlik guruhi rahbari Osam Mesten, Turkiya Respublikasi Ombudsmani Sharef Malkoch, Makedoniya konstitutsion sudi aʼzosi Salex Murat, Chorum viloyati gubernatorining birinchi oʻrinbosari Turxan Djandan, Chorum hokimi Zeki Gyul, Turkiya taʼlim vaziri maslahatchisi Nejip Pazil Kurt va 30 dan ortiq boshqa vakillar ikki mamlakat barcha jabhalarda aloqalari kun sayin rivojlanib, aloqalar yanada mustahkamlanib borayotganligini taʼkidlashdi.
Uchrashuvda Turkiya fuqarolari uchun viza rejimining bekor qilinganligi, Samarqand-Turkiya yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnovlar sonining oshganligi, qolaversa turizm sektori har ikki mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlanib, izchil va mushtarak asoslangan hamkorlik ikki tomonning manfaatlariga birday javob berishi bildirildi.
Delegatsiya aʼzolari Samarqandning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishmoqda.