O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda 5 ming 886 turdagi tovarlar uchun bojxona toʻlovlari nol qiymatda belgilangan

2018-10-18 | Iqtisodiyot

“Xalqaro savdo markazi”da Oʻzbekiston-Rossiya ishbilarmonlar kengashi majlisi doirasida ikki mamlakatning investitsiyaviy va iqtisodiy imkoniyatlari haqida taqdimotlar oʻtkazildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Jasur Aripovning taʼkidlashicha, mamlakatimizda qonunchilik boʻyicha 11 ming 293 turdagi mahsulot nomenklaturasi qayd etiladi. Shundan 5 ming 886 turdagi tovar pozitsiyasi boʻyicha bojxona toʻlovlari nol qiymatda belgilangan. 1 ming 936 xil tovar pozitsiyasi boʻyicha 10 foiz, 1 ming 212 turdagi tovarga 30 foiz, 33 turdagi tovarga esa 2,5 foiz boj toʻlovlari undiriladi. 

Hozirgi kunda mamlakatimizga import qilinayotgan tovarlar boʻyicha bojxona toʻlovi oʻrtacha 6,45 foizni tashkil etadi. Oʻzbekistonda bojxona toʻlovlarida qulaylik yaratish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

 

Ulugʻbek Shonazarov, OʻzA

Поделиться