O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzaxda Rossiya kapitali ishtirokida 21 korxona faoliyat koʻrsatmoqda

2018-10-17 | Iqtisodiyot

Jizzax viloyati bilan Rossiya Federatsiyasi hududlari oʻrtasida hamkorlik yildan-yilga kengaymoqda.

Bugungi kunda viloyatda rossiyalik investorlar kapitali ishtirokida 20 qoʻshma va 1 xorijiy maqomga ega korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Eʼtiborlisi, ularning 10 tasi joriy yilda tashkil etildi.
 
Iqtisodiyotning real sektorida faoliyat olib borayotgan ushbu korxonalardan 7 tasi sanoat, 6 tasi savdo, 8 tasi qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarda faoliyat yuritmoqda. Rossiyalik tadbirkorlar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan qoʻshma korxonalarda mahalliy xomashyodan import oʻrnini bosuvchi sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilayotir.
 
– Viloyatda Rossiya Federatsiyasi bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi yil sayin oʻsib bormoqda, – deydi viloyat statistika boshqarmasi boʻlim boshligʻi Bunyod Yoʻldoshev. – Joriy yilning oʻtgan davrida viloyatning Rossiya bilan savdo aylanmasi 18,1 million dollarga yetdi. Jumladan, eksport 10,3 million, import 7,8 million dollarni tashkil etdi. Joriy yilda viloyatdan Rossiya Federatsiyasiga 10 million dollarlik yengil sanoat, 149,4 ming dollarlik meva-sabzavot va poliz mahsulotlari eksport qilindi. Shuningdek, Rossiyadan 3,6 million dollarlik mashina va uskunalar, 2,8 million dollarlik qurilish materiallari, 740,5 ming dollarlik tayyor sanoat mahsulotlari, 683,9 ming dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari import qilingan.
 
Iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida joriy yil 8-12 oktyabr kunlari viloyat delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining Rostov-Don shahri hamda Krasnodar oʻlkasida boʻldi. Tashrif davomida oʻzaro hamkorlikda savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada yaxshilash, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish boʻyicha oʻtkazilgan uchrashuv va muzokaralar natijasida qiymati 54,2 million dollarlik 7 ta investitsiya kelishuviga erishildi. Uning 32,9 million dollari toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalardir.
 
Rostov viloyatida ikki tomon mutasaddi tashkilotlari hamda ishbilarmonlari uchun biznes-forum tashkil etildi. Unda oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xususan, Jizzax viloyatiga zamonaviy ilgʻor texnologiyalar asosida investitsiyalar kiritish borasida fikr almashildi. Forum doirasida hududga investitsiya kiritishda ustuvor yoʻnalishlar, mavjud salohiyat va imkoniyatlar yuzasidan taqdimotlar oʻtkazildi. Tadbir yakunida tomonlardan ishtirok etayotgan tadbirkorlik subyektlari uchrashuvlarida bir qator investitsiya bitimlari imzolandi.
 
Jumladan, “Artmaks” MCHJ bilan Rossiyaning Rostov-Don shahrida “Jizzax savdo uyi” ochish, “UK Rыnok Donskoy” korxonasi bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda sotish maqsadida “Ulgurji savdo markazi” tashkil etish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha qiymati 20 million dollarlik bitimlar imzolandi.
 
Shuningdek, delegatsiya tarkibida borgan Paxtakor tumanidagi “World Trading Company” MCHJ vakillari Rossiyaning “Slon-Avto” kompaniyasi bilan qiymati 6,2 million dollarlik havo filtrlari, antifriz va boshqa avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish boʻyicha loyihasi yuzasidan bitim imzoladi.
 
Safar davomida Jizzax viloyatining investitsiya va turizm boʻyicha taqdimotlari oʻtkazildi. “Jizzax” EIZ va “Zomin-farm” EIZ hududlarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, ularda yaratilgan imtiyozlar toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotlar taqdim etildi.
 
Ayni paytda viloyatda rossiyalik ishbilarmonlar bilan kelishilgan loyihalarni hayotga tatbiq etish ishlari davom etayotir.
 

Toshqul Beknazarov, OʻzA

Поделиться