O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Eʼlon!
2018-10-17 | Jamiyat
Joriy yilning 19-oktabr kuni soat 15-00 da Intellektual mulk agentligi majlislar zalida Agentlikning navbatdagi Hayʼat majlisi boʻlib oʻtadi.
Hayʼat majlisida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:
- Agentlik faoliyatining 2018-yil 9 oylik yakunlari natijalari toʻgʻrisida;
- Kontrafakt bilan kurash: mualliflik va turdosh huquqlarning himoyasini taʼminlash muammolari;
- Agentlik boʻlimlari va Oʻquv markazida 2018-yil 9 oylik yakunlari boʻyicha ijro intizomi holati toʻgʻrisida.
Agentlikning Hayʼat majlisi ishida qatnashishni xohlagan yuridik va jismoniy shaxslar (71) 232-50-32; 232-50-58 telefonlari orqali majlisda qatnashish shartlari bilan tanishishlari va roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.