O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuniga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi
2018-10-12 | Jamiyat
Joriy yilning 11-oktabr kuni Oʻzbekiston milliy matbuot markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralar bilan “Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni” munosabati bilan favqulodda vaziyatlar va halokatlarning oldini olish va profilaktikasiga bagʻishlab matbuot anjumani oʻtkazildi.
Matbuot anjumanida Favqulodda vaziyatlar vazirligining rahbariyat tarkibi, Gidrometreologiya xizmati markazi, Seysmoprognostik monitoring markazi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” Davlat inspeksiyasi Fuqaro muhofazasi instituti masʼul mutaxassislari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi vazirlikning faoliyati, favqulodda vaziyatlarni monitoringi va bashoratlash, halokatlar va ofatlarning oqibatlarini minimallashtirish hamda aholining turli qatlamlarini favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyorlash shu jumladan, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish funksiyasiga ega boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan olib borilayotgan tadbir xususida maʼruza qildi.
Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar va olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish boʻyicha ommaviy axborot vositalari, jumladan, Internet-resurslar ishtirokini faollashtirishda oʻz takliflarini taqdim etdilar.
FVVning boshqarma va boʻlim boshliqlari OAV vakillarining bergan savollariga atroflicha javoblar berishdi.
Matbuot anjumani interaktiv va qiziqarli tarzda boʻlib oʻtdi.