O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“PROlogue” xalqaro kinofestivali qachon boʻlib oʻtadi?

2018-10-11 | Madaniyat

Joriy yilning 27-30 noyabr kunlari Toshkent shahrida “PROlogue” xalqaro kinofestivali boʻlib oʻtadi. 

Ilk bor Xalqaro maqomda oʻtkazilayotgan mazkur nufuzli tadbir Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinoijodkorlar kengashi, Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasi kabi bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etiladi. 
 
Festival dasturi “Toʻliq metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi” , “Qisqa metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi”, “Qisqa metrajli badiiy milliy filmlar tanlovi”dan iborat.
 
Festival doirasida, konferensiyalar, master-klasslar, brifing, kino sohasiga bogʻliq davra suhbatlari va retro filmlar namoyishi boʻlib oʻtishi koʻzda tutilmoqda.
 
Xalqaro jyuri tomonidan eng zoʻr deb topilgan film kinofestival Gran-Prisiga sazovor boʻladi. Shuningdek, festivalda boshqa nominatsialar boʻyicha ham gʻoliblar aniqlanadi. 
 
Shu bilan birga, Festival direksiyasi oʻzbek va xalqaro kinoning rivojlanishiga oʻz xissasini qoʻshgan ijodkorlarni sovrinlar bilan taqdirlashni ham rejalashtirib qoʻygan.
 
Kinofestivalda ishtirok etish uchun talabnomalarni 2018 yilning 27 oktyabrigacha www.prologuefilmfestival.com saytida koʻrsatilgan talablar boʻyicha topshirish imkoniyati mavjud.

Поделиться