O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
2018-10-11 | Hujjatlar
Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan, shu jumladan ichimlik suvidan oqilona foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishva qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 12 sentyabrda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 27 sentyabrda
maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9,
335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 72-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
toʻrtinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 74-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga eng kam ish haqining uchbaravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 75-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 76-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
5) 82-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining:
dispozitsiyasi “muhofaza etiladigan landshaftlar” degan soʻzlardan keyin “shu jumladan suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻttiz baravaridan
qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;
6) 91-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«91-modda. Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni
va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish,
zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash,
realizatsiya qilish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish
Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish –
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa yoxud tabiiy muhitga zarar yetkazgan boʻlsa, –
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;
7) quyidagi mazmundagi 911, 912 va 913-moddalar bilan toʻldirilsin:
«911-modda. Belgilanmagan joylargaqattiq maishiy
chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash,
shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish
Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish –
fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan beshbaravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
912-modda. Sanitar tozalash infratuzilmasi obyektlarini
joylashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha
talablarni buzish
Sanitar tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish
va ulardan foydalanish boʻyicha talablarni buzish –
fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan
uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
913-modda. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish
sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat qilish,
shuningdek chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya
qilish joylari boʻyicha kadastr axborotlarini
taqdim etish tartibini buzish
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat qilish tartibini buzish –
mansabdor shaxslarga ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari boʻyicha kadastr axborotlarini taqdim etish tartibini buzish –
mansabdor shaxslarga ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;
8) 123-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«123-modda. Transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish
Poyezdlarning vagonlari, avtotransport vositalari va shahar yoʻlovchilar transportidan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish –
eng kam ish haqining beshdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;
9) 161-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
10) 1631-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
11) quyidagi mazmundagi 1632-modda bilan toʻldirilsin:
«1632-modda. Suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari
koʻrsatish qoidalarini buzish
Suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari koʻrsatish qoidalarini buzish –
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan
oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan
oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;
12) 261-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlariga ushbu Kodeksning 63-moddasida, 65-moddasining ikkinchi qismida (bundan qishloq xoʻjaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlik mustasno), 68-moddasida (shaharlar va posyolkalarning yerlariga, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarga, suv fondi yerlariga oid qismida), 70-moddasida, 701-moddasining birinchi qismida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 72-moddasida (bundan termal va ichimlik suvlariga doir qismi mustasno), 73-moddasida, 74-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 75-moddasida (bundan irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suvlarni hisobga olish mustasno, shuningdek davlat suv kadastrini yuritishning belgilangan tartibini buzganlik uchun), 77-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 78, 79, 80, 81, 82, 83, 84-moddalarida, 85-moddasida (bundan sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi, atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash mustasno), 86, 87, 88, 89-moddalarida (bundan atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish mustasno), 891-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91, 911, 912, 913, 92, 93, 95-moddalarida, 96-moddasida (davlat ekologik ekspertizasiga oid qismida), 148-moddasida (bundan ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, yogʻoch koʻpriklar va taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar mustasno), 162-moddasida, 1631-moddasida (bundan uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni kanalizatsiya tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulab olish mustasno), 214-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 228-moddasida (tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganda muhrlar (plombalar) qoʻyilgan hollar) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir”;
13) quyidagi mazmundagi 2664-modda bilan toʻldirilsin:
«2664-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni
nazorat qilish davlat inspeksiyasi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 72-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida (ichimlik ehtiyojlari uchun suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasini buzishga oid qismida), 74-moddasida (ichimlik suvi olishning belgilangan limitlarini buzishga doir qismida), 75-moddasida (suv obyektlaridan olinadigan ichimlik suvi miqdorining dastlabki hisobini yuritish qoidalarini buzishga oid qismida), 76-moddasida (ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlaridan foydalanish qoidalarini buzishga doir qismida), 163-moddasida (vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish va ichimlik suvi taʼminoti vodoprovodidan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzishga oid qismida), 1631-moddasida (uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni kanalizatsiya tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulab olishga doir qismida), 1632-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga quyidagilar haqlidir:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining boshligʻi va uning oʻrinbosari, boʻlim boshliqlari, bosh mutaxassislari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi hududiy inspeksiyalarining bosh davlat inspektorlari va davlat inspektorlari».
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi 362–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 4–5, 72-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 604-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 4, 40-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 2-modda:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“chiqindibilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish – chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida hisobga olish va nazorat qilish, chiqindilarni koʻmib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish, chiqindilarning hosil boʻlishi, ularni toʻplash, joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish bilan bogʻliq faoliyat”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“chiqindilarni zararsizlantirish – chiqindilarni neytral holga keltirish, dezaktivatsiyalash, dezinfeksiyalash, demerkurizatsiyalash, chiritish, yoqib yuborish, termik jihatdan qayta ishlash va koʻmib tashlash bilan bogʻliq faoliyat”;
uchinchi – oʻn uchinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi – oʻn toʻrtinchi xatboshilardeb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlari – chiqindilarni toʻplash, joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish uchun foydalaniladigan obyektlar”;
sakkizinchi xatboshisidagi “koʻmib tashlash”degan soʻzlar “zararsizlantirish” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“chiqindilarni saqlash – chiqindilar zararsizlantirish, qayta ishlash yoki utilizatsiya qilish maqsadida olib ketilguniga qadar ularni maxsus jihozlangan toʻplagichlarda saqlash”;
2) 15-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Yuridik shaxslar:
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik normativlarga rioya etishi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqindilarning hisobini yuritishi, ular toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi;
chiqindilarning fuqarolar hayoti va sogʻligʻi, atrof-muhit uchun xavflilik darajasini belgilangan tartibda aniqlashi;
chiqindilarning hosil boʻlish normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlari loyihalarini ishlab chiqishi;
aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlariga, yoʻllarning chetiga, qatnov qismiga qurilish va maishiy chiqindilar tashlanishi hamda joylashtirilishining oldini olishi;
chiqindilarni toʻplashni taʼminlashi, oʻziga tegishli boʻlgan binolarga yaqin yoki tutash hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va vaqtinchalik saqlash uchun konteynerlar (qutilar) oʻrnatishi;
resurs qimmatiga ega va utilizatsiya qilinishi lozim boʻlgan chiqindilarning lozim darajada saqlanishini taʼminlashi hamda ularning yoʻq qilinishi va buzilishiga yoʻl qoʻymasligi;
oʻzining mulki boʻlgan chiqindilarning utilizatsiya qilinishiga doir texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish choralarini koʻrishi;
chiqindilarning aralashib ketishiga yoʻl qoʻymasligi, bundan ishlab chiqarish texnologiyasida nazarda tutilgan hollar mustasno;
chiqindilarning belgilanmagan joylarda yoki obyektlarda saqlanishi, qayta ishlanishi, utilizatsiya qilinishi va zararsizlantirilishiga, shuningdek bunday joylarga yoki obyektlarga joylashtirilishi hamda tashlanishiga yoʻl qoʻymasligi;
maxsus texnik moslamalarni qoʻllamagan holda chiqindilarni yoqib yubormasligi;
sanitar tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha talablarni buzmasligi;
chiqindilar joylashtirilgan oʻz obyektlarining sanitariya va ekologik holati ustidan nazoratni amalga oshirishi;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish chogʻida holati buzilgan yer uchastkalarida rekultivatsiya ishlarini oʻtkazishi;
chiqindilarni mumkin qadar koʻproq utilizatsiya qilish, ularni chiqindilarni toʻplash, saqlash va utilizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga realizatsiya qilish yoki berish chora-tadbirlari majmuini amalga oshirishi, shuningdek utilizatsiya qilinmaydigan chiqindilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda zararsizlantirilishini taʼminlashi;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga, chiqindibilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlariga ruxsat olinmagan tarzda atrof-muhitga chiqindilar chiqarilganligi holatlari toʻgʻrisida va koʻrilgan choralar haqida belgilangan tartibda axborot taqdim etishi;
chiqindilarni joylashtirganlik uchun belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlari toʻlashi;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga, atrof-muhitga, yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart»;
3) 22-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«22-modda. Chiqindilarni saqlash va zararsizlantirishga
doir talablar»;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sanoat chiqindilarini va maishiy chiqindilarni maxsus texnik moslamalarsiz zararsizlantirish taqiqlanadi”;
ikkinchi – beshinchi qismlari tegishincha uchinchi – oltinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismidagi “bunday joylarga koʻmib tashlash”degan soʻzlar “zararsizlantirish” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3-modda.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Toshkent shahri,
2018 yil 10 oktyabr
№ OʻRQ – 495