O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yilni muvaffaqiyatli yakunlash va barcha makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga erishish – muhim vazifa

2018-10-11 | Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2018-yil 10-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasi va iqtisodiy idoralar rahbarlari ishtirokida mamlakatni joriy yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holati va yil yakunlari boʻyicha kutilayotgan natijalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Moliyaviy bozorning rivojlanishi iqtisodiyotni yanada liberallashtirish va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning asosiy omili hisoblanadi.

Shu bois mamlakatimizda bu borada keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Prezidentimizning 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni amalda boʻlgan valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilish, valyuta siyosatini liberallashtirish, barcha tadbirkorlik subyektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishning mutlaqo yangi tizimiga asos boʻldi.

Hech shubhasiz aytish mumkinki, mazkur hujjatda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga, investitsiya salohiyatining yuksalishiga, pirovardida, iqtisodiyot tarmoqlari samaradorligining yanada yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda valyuta bozorining erkinlashtirilishi – iqtisodiyotda likvidlilik darajasi oshishiga hamda boʻsh pul mablagʻlarining muhim investitsiya va infratuzilma loyihalariga jalb etilishini taqozo qiladi.

Oʻz navbatida, kapital bozorini rivojlantirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, banklar va sugʻurta kompaniyalarining boʻsh mablagʻlarini muhim loyihalarga jalb qilish ham yaxshi samara beradi. Bu borada yangi islohotlarni amalga oshirish davlat byudjeti xarajatlarini bir maromda moliyalashtirish uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Yigʻilishda “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturining joylardagi ijrosi boʻyicha mutasaddi rahbarlar hisoboti eshitildi.

Davlatimiz rahbari Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mamlakatimizda kapital bozorini rivojlantirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, tijorat banklari va sugʻurta kompaniyalarining boʻsh mablagʻlarini muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish maqsadida qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish, shuningdek, joriy yilni muvaffaqiyatli yakunlash va barcha prognoz qilingan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Поделиться