O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda hududlararo hamkorlikning birinchi forumi oʻtkaziladi
2018-10-10 | Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida hududlararo hamkorlikning birinchi forumi oʻtkaziladi.
Joriy yilning 18-20 oktabr kunlari poytaxtimizda davlat rahbarlarining ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasiyasi oʻrtasida mintaqalararo hamkorlik boʻyicha birinchi forum boʻlib oʻtadi.
Ushbu forum doirasida:
“Oʻzbekiston va Rossiya mintaqalararo hamkorlikning yangi bosqichi: loyihalar va klasterlar” ;
“Raqamli transformatsiyalar – Oʻzbekiston va Rossiya uchun yangi bosqich” mavzusidagi sessiyalar;
“Agrosanoat kompleksi: hamkorlikning rivojlanish nuqtalari” deb nomlangan amaliy seminar;
“Rossiyakompaniyalarining sanoat turlari boʻyicha taqdimotlar” hamda
Rossiya – Oʻzbekiston ishbilarmon doiralarining uchrashuvlari kabi tadbirlar boʻlib oʻtadi.