O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi
2018-10-10 | Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8-9 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻldi.
Davlat rahbarlarining Yelisey saroyida oʻtgan muzokaralari har tomonlama samarali boʻldi. Ikki mamlakat uchun manfaatli va uzoq muddatli kelishuvlarga erishildi.
Hukumatlararo va idoralararo 10 ta hujjat imzolandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 oktyabr kuni Parijdan Toshkentga joʻnab ketdi.