O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident Shavkat Mirziyoyev Luvr muzeyida boʻldi

2018-10-10 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Luvr muzeyiga tashrif buyurdi.

Dunyodagi eng mashhur muzeylardan biri boʻlmish Luvr Fransiyaning oʻziga xos “tashrif qogʻozi”dir. U badiiy kolleksiyasi boʻyicha jahonda birinchi, maydonining kattaligi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi. Ushbu muzeyga har yili qariyb 10 million sayyoh tashrif buyuradi.

Muzey binosi 1190 yilda Fransiya qiroli Filippe Avguste tomonidan qalʼa sifatida bunyod etilgan. Luvr soʻzi mazkur mudofaa qoʻrgʻoni nomidan olingan. U bir necha asr davomida Fransiya qirollarining qarorgohi boʻlgan. Keyinchalik Versal saroyi qurilgach, 1793 yilda muzeyga aylantirilgan.

Luvr muzeyida eramizdan avvalgi 7 asrdan hozirgi davrgacha mansub boʻlgan 300 mingdan ziyod eksponat saqlanadi. Muzey zallarida ularning faqat 35 mingtasigina namoyish etiladi. “Miloslik Venera” haykali va Xammurapi qonunlari ustuni, Leonardo da Vinchining “Jokonda” va Yan Vermeyerning “Chevar qiz” kartinalari ular orasida eng mashhurlaridir.

Muzey eksponatlari 6 ta kolleksiyaga ajratilgan. Sharq kolleksiyasining oʻzi 24 ta zalni egallagan. U yerda mamlakatimiz tarixiga oid minglab ashyolar bor. Jumladan, Amir Temur bobomizning Qirol Karl VIga yozgan maktubi, Ahmad Yassaviy maqbarasi uchun Sohibqiron yasattirgan shamdonlardan biri, qadimiy qurol-aslahalar, qabrtoshlardagi bitiklar va boshqa buyumlar buyuk oʻtmishdan soʻzlaydi.

Davlatimiz rahbari ushbu eksponatlarni tomosha qildi, ularning tarixi bilan qiziqdi. Oʻzbekiston va Fransiya muzeylari hamkorligida koʻrgazmalar tashkil etish, olimlar oʻrtasida ilmiy va madaniy aloqalarni kengaytirish zarurligini qayd etdi.

Поделиться