O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonuni loyihasi Hukumat tomonidan maʼqullandi

2018-10-09 | Jamiyat

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ayrim qonun hujjatlariga “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonundan kelib chiqib oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi Hukumat tomonidan maʼqullandi.

Qonun loyihasini qabul qilishning asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini 2018 yilning 12 aprelidagi “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi OʻRQ–474-son Qonunida belgilangan qoidalar bilan oʻzaro muvofiqlashtirish hisoblanadi.

Xususan, mazkur Qonunning 3-moddasiga muvofiq:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati subyektlaridir;

Jamoatchilik nazorati jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham qonun hujjatlariga asosan amalga oshirilishi mumkin.

Shunga koʻra, mazkur Qonun loyihasida tegishli moddaning mazmunidan kelib chiqqan holda, “xodimlarning boshqa vakillik organlari” soʻzlarini “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamoatchilik nazorati subyektlari” soʻzlari bilan almashtirish taklif etilmoqda.

Поделиться