O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018 yilning 3-choragida byudjet tashkilotlarida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijalari toʻgʻrisida maʼlumot

2018-10-08 | Iqtisodiyot

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018 yilning 3-choragida Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari hamda jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida byudjet tashkilotlarida jami 1 334 ta davlat moliyaviy nazorati tadbirlari oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan nazorat tadbirlaridan 1 111 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablagʻlar 16,6 mlrd.soʻmni, shundan kamomad va oʻzlashtirishlar 4,5 mlrd.soʻmni, noqonuniy xarajatlar 12,1 mlrd.soʻmni tashkil etdi.

Nazorat tadbirlarini oʻtkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan koʻrsatmalarga asosan aniqlangan 11,2 mlrd.soʻm miqdoridagi notoʻgʻri sarflangan mablagʻlar belgilangan tartibda tiklanishi taʼminlandi hamda 710 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Shuningdek, hisobot davrida byudjet intizomini buzgan byudjet tashkilotlarining 20 nafar rahbar va mansabdor shaxslari 13,9 mln.soʻm miqdorida maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Поделиться