O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
XTV delegatsiyasi va USAID taʼlim sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi
2018-10-08 | Ta’lim
Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov rahbarligidagi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi AQSHning xalqaro hamkorlik boʻyicha agentligi (USAID) maʼmuriyatining katta yordamchisi Gloriya Stil bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar xalq taʼlimi yoʻnalishida hamkorlikni oʻrnatish, jumladan, Oʻzbekiston maktablarida ingliz tilini, jumladan, STEM-taʼlimni joriy etish masalalarini muhokama qilishdi.
Sherzod Shermatov qayd etdi: “STEM-taʼlimni joriy etarkanmiz, bizning fuqarolarimiz mamlakatni tark etmagan holda yuqori maosh toʻlanadigan ishni topishlarini istaymiz”.
Muzokaralar chogʻida taʼlim sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun AQSH mablagʻlarini jalb qilish, oʻqituvchilar va maktab direktorlarining malakasini oshirish, ingliz tili va boshqa tillarni oʻrgatish masalalari muhokama qilindi.