O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat statistika qoʻmitasida Osiyo Taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2018-10-04 | Jamiyat
Joriy yilning 3 oktyabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida Osiyo Taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Osiyo Taraqqiyot banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etilgan missiya doirasida Davlat statistika qoʻmitasi bilan axborot almashuv masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Osiyo Taraqqiyot banki vakillari Davlat statistika qoʻmitasi xodimlariga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.
Uchrashuv iliq va doʻstona ruhda boʻlib oʻtdi.