O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti Ustavi va Tartib-qoidalarini (Istanbul, 1999-yil 7-noyabr, 2017-yil 7-may holatidagi oʻzgartirishlar bilan) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida
2018-10-03 | Hujjatlar
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 7-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 27-sentabrda maʼqullangan
Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti Ustavi va Tartib-qoidalari (Istanbul, 1999-yil 7-noyabr, 2017-yil 7-may holatidagi oʻzgartirishlar bilan) ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining
Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri,
2018-yil 2-oktabr
№ OʻRQ—493