O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

1000 dan ziyod kitob bepul tarqatildi

2018-09-28 | Madaniyat

“Bolalar kitobi” respublika festivali doirasidagi tadbirlar Andijon viloyati tuman va shaharlarida, taʼlim muassasalari, “Bolalar ijodiyoti” markazlarida yuqori saviyada boʻlib oʻtmoqda. 

Viloyat hokimligi, viloyat matbuot va axborot, xalq taʼlimi boshqarmalari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan festivalda yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunos olimlar, yoshlar, kitob ixlosmandlari ishtirok etdi. 

Tadbirda mamlakatimizda kitob targʻiboti orqali maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish, kitob mahsulotlari chop etish va tarqatish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi. 

– Festival doirasida adabiy-badiiy yarmarkalar, kitoblar taqdimoti, mushoiralar, oʻquvchilarning yozuvchi-shoirlar bilan uchrashuvlari, kitob targʻibotiga bagʻishlangan turli tanlovlar va boshqa tadbirlar boʻlib oʻtmoqda, – deydi viloyat matbuot va axborot boshqarmasi boshligʻi A.Sultonov. – Bundan koʻzlangan asosiy maqsad, yosh avlodning kitobga muhabbatini oshirish, maʼnaviyatini yuksaltirish, ularda mutolaa madaniyatini shakllantirishga koʻmaklashishdir. 

Andijon viloyati “Kitobsavdo” masʼuliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi savdo tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan kitoblar savdo yarmarkasi, Bobur nomidagi viloyat kutubxonasining kitoblar koʻrgazmalari koʻpchilikda katta qiziqish uygʻotdi. 

Yosh ijodkorlarning yangi kitoblari taqdimotida mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani samarasida joriy yilda yurtimizdagi turli nashriyotlarda andijonlik yoshlarning 10 ga yaqin yangi kitob va toʻplamlari chop etilgani taʼkidlandi. 

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi tashabbusi bilan oʻtkazilgan yosh ijodkorlar mushoirasida Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyotini chuqur oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari hamda “Bobur izdoshlari” yosh ijodkorlar toʻgaragi aʼzolarining chiqishlari barchada katta taassurot qoldirdi. 

Viloyat hokimining tashabbusi bilan festival tadbirlari davomida 20 million soʻmlik 1000 dan ziyod kitob oʻquvchilarga tarqatildi. Shuningdek,bibliobus – maxsus jihozlangan koʻchma kutubxona faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bundan buyon ushbubibliobusreja asosida viloyatning chekka qishloqlariga borib, kitobxonlarga, yoshlarga xizmat koʻrsatadi. 
 

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), OʻzA

Поделиться