O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga AQSH delegatsiyasi tashrif buyurdi
2018-09-19 | Jamiyat
19 sentyabr kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general Djenson Boylz boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari A.Qo‘ldoshev bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish soxasida ikki tomonlama hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.