O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSH Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni – shtat gubernatori oʻrinbosari J.Boylz Oʻzbekistonda
2018-09-19 | Jamiyat
Amerika Qoʻshma Shtatlari Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni – shtat gubernatori oʻrinbosari J.Boylz boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga tashrif buyurdi.
Yuqori martabali mehmonni Mudofaa vaziri A.Azizov kutib oldi. Uchrashuvda ikki tomonlama harbiy va harbiy texnik hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi. Markaziy Osiyodagi mintaqaviy barqarorlik taʼminlash masalalari boʻyicha fikr almashildi.