O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ekspertlarning TIVdagi uchrashuvi
2018-09-18 | Siyosat
2018-yilning 17-sentabr kuni TIVda Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari va boshqa ekspertlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning maqsadi – umumiy xalqaro huquq normalarini (kodifikatsiya va ilg‘or rivojlanish) shakllantirishda respublikaning ishtirokini faollashtirish va xalqaro munosabatlarda huquqning ustuvorligini ta’minlash masalalarini muhokama qilish.
Uchrashuv davomida ekspertlar BMT Bosh Assambleyasi Oltinchi (huquqiy) qo‘mitasining bo‘lajak 73-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni batafsil muhokama qildilar hamda ular yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqdilar.