O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro maqom sanʼati anjumani ochildi

2018-09-07 | Siyosat

Shahrisabz shahrida 6 sentyabr kuni Xalqaro maqom sanʼati anjumanining tantanali ochilish marosimi boʻldi.

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi.

Ushbu xalqaro anjuman davlatimiz rahbari tashabbusi bilan oʻzbek milliy maqom sanʼatini keng targʻib qilish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz sanʼatimizga hurmat va eʼtibor tuygʻularini kamol toptirish maqsadida tashkil etildi.

Prezidentimizning 2018 yil 6 apreldagi “Xalqaro maqom sanʼati anjumanini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq bu festivalga katta tayyorgarlik koʻrildi. Shahrisabz shahridagi Oqsaroy maydoni hududida maqom sanʼatiga oid turli koʻrgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar namoyishi va sotuvi yoʻlga qoʻyildi.

Xalqaro maqom sanʼati anjumani bu yil birinchi marta oʻtkazilmoqda. Prezident qaroriga muvofiq, uning har ikki yilda bir marta oʻtkazilishi belgilangan. 

 
 
 

Поделиться