O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro maqom sanʼati anjumani Matbuot markazi oʻz faoliyatini boshladi

2018-09-06 | Madaniyat

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan 2018 yilning 6-10 sentyabr kunlari YUNЕSKO shafeligida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom sanʼati anjumani oʻtkaziladi.

Ushbu xalqaro anjumanda 75 ta davlatdan 300 dan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etish niyatini bildirgan.

Shuningdek, mazkur nufuzli tadbir tafsilotlarini chet mamlakatlar va yurtimizda keng yoritish uchun 40 dan ortiq xorijiy va 100 ga yaqin mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari akkreditatsiyadan oʻtkazilgan. Bu esa mazkur tadbir dovrugʻining butun dunyoga taralishidan darak beradi.

Mahalliy hamda chet ellik jurnalistlarning faoliyat koʻrsatishlari, Shahrisabz shahridagi Oqsaroy maydonida boʻlib oʻtadigan anjuman va mazkur anjuman doirasida oʻtkaziladigan turli tadbirlardan tezkor materiallar tayyorlashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish, ularga anjuman haqida maʼlumotlar, videomateriallarni taqdim etish, shuningdek, tadbir haqida yangiliklarni tezkorlik bilan tarqatib borish maqsadida Xalqaro maqom sanʼati anjumani Matbuot markazi tashkil etildi.

5 sentyabr kuni Matbuot markazi oʻz faoliyatini rasman boshladi. Markazda zamonaviy kompyuter, yuqori tezlikka ega internet, wi-fi tarmogʻi va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun zarur barcha qulayliklar yaratilgan.

Ayni paytda Matbuot markazida “Rossiya 1” telekanali, Turkiyaning TRT telekompaniyasi ijodkorlari, bundan tashqari 20 dan ortiq mahalliy OAV vakillari ish olib bormoqda.

Maʼlumot uchun aytib oʻtish kerakki, jurnalistlarga maʼlumot olishda qulaylik yaratish maqsadida Anjumanning rasmiy www.maqomforum.uz sayti ishga tushirilgan. Ushbu saytdan tadbir haqida nafaqat eng soʻnggi yangilik va maʼlumotlarni, balki foto va videomateriallarni ham olish mumkin.

Avvalroq, tadbir tashkilotchilari tomonidan Xalqaro maqom sanʼati anjumanini xorij va mahalliy OAVda yoritish boʻyicha jurnalistlar oʻrtasida tanlov eʼlon qilinganligi haqida xabar bergan edik.

Tanlov quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:

“Eng yaxshi selfi tasvir” – voqealar rivojini yoritib borishi uchun;

“Eng yaxshi foto lavha”lar – Anjumanning eng goʻzal sahnalari aks etgan fototasvirlar uchun;

Eng yaxshi videorolik – tanlovning mohiyatini ochib beruvchi videotasvirlar uchun.

Eslatib oʻtamiz, tanlov gʻoliblarini tanlashda materiallarning son va sifatiga eʼtibor qaratiladi. Tanlovga materiallar qabul qilish davom etmoqda.

Mahalliy OAV gʻoliblariga pul mukofoti, xorij OAV vakillariga esa milliy qadriyatlarimiz aks etgan qimmatbaho esdalik sovgʻalar taqdim etiladi. Tanlovda ishtirok etish cheklanmagan. (Umumiy mukoft jamgʻarmasi 30 million soʻmni tashkil etadi).

Yana bir narsani alohida qayd etib oʻtish zarurki, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Anjuman tashkiliy qoʻmitasi hamda Matbuot markazi tomonidan maqom sanʼati ijrochilari hamda ushbu yoʻnalishga qiziquvchilar oʻrtasida maqomchallenge tanlovi oʻtkazildi. Mazkur tanlovi nafaqat tajribali xonandalar, sanʼat ustalari, balki yurtdoshlarimiz tomonidan ham katta qiziqish bilan kutib olindi. Buni Instagram, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan videoroliklardan ham koʻrish mumkin. Ushbu tanlov gʻoliblari Madaniyat vazirligi tomonidan aniqlanadi va qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlanadi.

Поделиться