O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelishi davom etmoqda
2018-08-30 | Siyosat
Mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelishi davom etmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga salomatlik va muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.
Jumladan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:
Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev
Polsha Respublikasi Prezidenti Anjey Duda
Portugaliya Respublikasi Prezidenti Marselo Rebelo de Souza
Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zeman
Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud
Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud
Laos Xalq-Demokratik Respublikasi Prezidenti Bunnyang Vorachit
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.