O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Adliya vazirligining tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari faoliyatiga bagʻishlangan majlisi oʻtkaziladi
2018-08-30 | Jamiyat
2018 yil 30 avgust kuni soat 17-00 da Toshkent davlat yuridik universiteti binosida Adliya vazirligining tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari faoliyatiga bagʻishlangan majlisini videokonferensaloka shaklida oʻtkazish rejalashtirilgan.
Majlisda vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinma rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari rahbarlari va masʼul xodimlari hamda tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari xodimlari ishtirok etadi.
Unda Adliya vazirligining tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlarining shu kungacha boʻlgan faoliyati boʻyicha kun tartibidan oʻrin olgan masalalar muhokama etiladi.