O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tojikiston Respublikasining bir guruh Davlat va jamoat arboblari, madaniyat, fan va sogʻliqni saqlash sohalari vakillarini mukofotlash toʻgʻrisida
2018-08-30 | Hujjatlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Qardosh Oʻzbekiston va Tojikiston xalqlari oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, mushtarak tarixiy meros, maʼnaviy qadriyat va anʼanalarni asrab-avaylash va boyitish borasidagi faol va samarali faoliyati, mamlakatlarimiz orasida oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlik va koʻp tomonlama strategik sherikchilikni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun quyidagilar ordenlar va faxriy unvonlar bilan mukofotlansin:
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Qohir Rasulzoda - Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri
Sirojiddin Muhriddin - Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Nizom Qosim -Tojikiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi
Tashpulat Gulmurodov - Tojikiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash sohasi xodimlari malakasini oshirish institutining kardiojarrohlik kafedrasi mudiri
“Doʻstlik” ordeni bilan
Ali Muhammadiyev - Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoʻlyozmalar merosi fondining boʻlim mudiri
Iftixor Shirindjonovich Djurayev - Tojikiston Respublikasi Geodeziya va yer boshqaruvi davlat qoʻmitasining chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi boshqarma boshligʻi
Raxim Marupov - Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasining S.Umarov nomidagi fizika va texnika instituti bosh xodimi
Hasan Berdiqulov - Tojikiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan
Adham Xoliqov - “S.Ayniy nomidagi opera va balet akademik teatri” davlat muassasasi badiiy rahbari
Davlat Xolov - Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Televideniye va radio qoʻmitasining “Falak” davlat ansambli badiiy rahbari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri, 2018 yil 29 avgust