O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro investitsiya forumi ish boshladi

2018-08-30 | Iqtisodiyot

Jizzaxda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 avgustdagi farmoyishiga muvofiq, viloyatning sarmoyaviy salohiyatini oshirish va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga bagʻishlangan xalqaro forum ochildi. 

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida oʻtkazilmoqda. 

Forumda AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Ispaniya, Rossiya, Belarus, Latviya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, BAA, Isroil, Qozogʻiston, Singapur singari 28 mamlakatdan 300 ga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda. Shuningdek, forumda chet el diplomatik missiyalari, bir qator xalqaro moliya institutlari, yirik xorijiy kompaniyalar vakillari ishtirok etmoqda. 

29 avgust kuni viloyat hokimligining katta majlislar zalida Xalqaro investitsiyaviy forumning yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov, Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari X.Mori, Jizzax viloyati hokimi E.Soliyev va boshqalar mazkur forum xalqaro ishbilarmon doira vakillarini Jizzax viloyatining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan tanishtirish, tadbirkorlik subyektlari va investorlar uchun qulay biznes sharoiti yaratishga xizmat qilishini taʼkidladi. 

Ishtirokchilar uchun hududning kapital jalb qilish imkonini beradigan iqtisodiy imkoniyatlari, geografik joylashuvi, mavjud qulayliklar, turizm salohiyati haqida maʼlumot beruvchi videolavha namoyish etildi. 

Bugungi kunda viloyatda ikkita – “Jizzax” va “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda tadbirkorlar uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. 

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida qurilish materiallari, mashinasozlik, yengil sanoat va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 16 xorijiy tashkilot va ular bilan hamkorlikdagi qator korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bu yerda 2015-2018 yillar mobaynida 669 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, 10,6 million AQSH dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilingan. Shu yil may oyida mazkur erkin iqtisodiy zonada Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda oyna zavodi qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi. Umumiy qiymati 110 million AQSH dollari boʻlgan zavodni 2019 yilda toʻliq ishga tushirish rejalashtirilgan. Jizzax oyna zavodi Markaziy Osiyoda ushbu turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi eng yirik korxonaga aylanadi.

Viloyat oʻziga xos qulay geografik hududda joylashgan. Tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, ishqorli termomateriallar boʻlgan shifobaxsh suv manbalariga boy. Bu Jizzaxni investitsiyaviy loyihalarning asosiy hududlaridan biriga aylantirish uchun muhim omil ekani alohida qayd etildi. 

Forumda mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralari bilan xorijiy kompaniyalar oʻrtasida20 danziyodkelishuv, memorandum va shartnomalar imzolandi. Buni xorijlik sarmoyadorlarning mamlakatimizga investitsiya kiritishga ishonchi ortib borayotganidan dalolat, deyish mumkin. 

Tadbir sessiya yigʻilishlari tarzida davom etdi. Unda sanoat ishlab chiqarishi, agrosanoat, tibbiyot, turizm kabi sohalar boʻyichahamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Mahalliy va xorijlik tadbirkorlarning ikki tomonlama uchrashuvlari, muzokaralari boʻlib oʻtdi. 

Kunning ikkinchi yarmida forum ishtirokchilari Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji hududida tashkil etilgan sanoat mahsulotlari milliy koʻrgazmasi, shuningdek, bir qator korxonalar faoliyati bilan tanishdi. 

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari S.Xolmurodov soʻzga chiqdi. 
 

Toshqul Beknazarov, Jamshid Yorbekov (surat) OʻzA

Поделиться