O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston delegatsiyasining Qobul shahridagi uchrashuvlari

2018-08-28 | Siyosat

2018-yilning 27-avgust kuni Qobul shahriga amaliy tashrif bilan borgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani tomonidan qabul qilindi.

Vazir Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan Afgʻoniston rahbariyatini dunyo musulmonlarining muhim bayrami – Qurbon hayiti (Eyd al-Adha) munosabati bilan yana bir bor samimiy tabrikladi hamda butun birodar afgʻon xalqiga tinchlik va farovonlik tilaklarini yetkazib qoʻydi.

Boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida 2018-yil 27-mart kuni Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiyada qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasining asosiy qoidalari amalga oshirilishining borishi eʼtibor markazida boʻldi. Jumladan, Afgʻonistonda tinch siyosiy jarayonga koʻmaklashish boʻyicha oʻzaro kelishilgan choralar muhokama qilindi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, avvalo oliy darajadagi muntazam Oʻzbekiston – Afgʻoniston muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi ham koʻrib chiqildi. Xususan, tomonlarning temir yoʻl va energetika sohalari boʻyicha mutaxassislari “Mozori-Sharif – Hirot” temir yoʻl liniyasi hamda “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq baʼzi muhim masalalarni muhokama qildilar.

Tomonlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining boshqa mavzularini ham koʻrib chiqdilar.

Shu kunning oʻzida Oʻzbekiston delegatsiyasi Qobul shahrida Afgʻoniston Prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Hamdulla Muhib, Ijroiya hokimiyati rahbari Abdulla Abdulla va Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Nosir Andisha bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Поделиться