O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda “Ijtimoiy sohadagi innovatsiyalar – jamiyat rivojining muhim omili” mavzusida forum boʻlib oʻtadi

2018-08-26 | Innovatsiya

Joriy yilning 11-sentyabr kuni poytaxtimizda “Ijtimoiy sohadagi innovatsiyalar – jamiyat rivojining muhim omili” mavzusida xalqaro forum boʻlib oʻtadi.

Unda mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari, xalqaro ekspertlar ishtirokida taʻlim va sogʻliqni saqlash tizimida innovatsiyalarni tatbiq etish, innovatsiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi qator dolzarb masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, forumda ishtirok etish uchun Germaniyaning Tyuringiya federal yeri sobiq Bosh vaziri doktor Diter Altxaus taklif etilgan.

Tadbir “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Konrad Adenauer fondining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarning muhim tarmoqlarini jadal innovatsion rivojlanishi masalalari, shuningdek, jahon ilm-fanining soʻnggi yutuqlari, zamonaviy innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etilmoqda. Unda “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” Davlat dasturining ijrosi, joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan muhim islohotlar taqdimoti boʻlib oʻtadi.

Forum ishida davlat idoralari, yetakchi xorijiy ekspertlar, NNT va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etadi. Shuningdek, “Magna International” kompaniyasining Yevropa boʻlinmasi vitse-prezidenti, Germaniyaning Tyuringiya federal yeri sobiq Bosh vaziri doktor Diter Altxaus “Innovatsion va iqtisodiy rivojlanish jarayonlari Germaniya tajribasi misolida” mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etadi.

Maʻlumot uchun “Magna International” kompaniyasi “Ford”, “Toyota”, “Honda”, “Volkswagen”, “Porsche”, “General Motors”, “Mercedes-Benz”, “Mitsubishi”, “Hyundai”, “Great Wall Motors” kabi yetakchi avtokonsernlar uchun ehtiyot qismlarini yetkazib beruvchi yirik kompaniya hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu kompaniya “BMW X3”, “Mercedes E-Class” va “G-Class”, “Saab 9-3 Convertible”, “Jeep Grand Cherokee”, “Chrysler 300”, “Chrysler Voyager” kabi rusumdagi avtomobillarni ham yigʻish bilan shugʻullanadi.

Shu yil 10-15-sentyabr germaniyalik mutaxassislar ham yurtimizga kelishi kutilmoqda. Delegatsiya aʻzolari iqtisodiy hamkorlik, turli sohalarga investitsiya kiritish hamda innovatsion rivojlantirish masalalari boʻyicha mutasaddi hukumat vakillari bilan muzokaralar oʻtkazadi.
 

Поделиться