O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbek tarjimoni – yuksak mukofot sohibi
2018-08-25 | Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik munosabatlari barcha sohalarda izchil rivojlanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin rahbarligida amalga oshirilayotgan oʻzaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlashda madaniy-gumanitar aloqalar muhim oʻrin egallamoqda. Bu borada ikki davlatningommaviy axborot vositalari, nashriyot va matbaa muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik, ayniqsa, diqqatga sazovordir.
Oʻtgan yili Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning “Davlat boshqaruvi toʻgʻrisida” kitobi “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi hamda Xitoy xorijiy tillar nashriyoti – “Foreign Languages Press” bilan hamkorlikda oʻzbek tilida chop etilgani birgalikda amalga oshirilgan ilmiy-ijodiy mehnatningmuhim natijasi boʻldi.
Jahon miqyosida tan olingan ulkan davlat va siyosat arbobi Si Szinpinning ushbu sermazmun asari Oʻzbekistonda katta qiziqish bilan kutib olindi.
Shu yil 21 avgust kuni Pekin shahrida 25-xalqaro kitob koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi. Koʻrgazmada Xitoy Xalq Respublikasi Raisining mamlakatimizda nashr etilgan mazkur kitobi ham namoyish etildi.
Koʻrgazma doirasida boʻlib oʻtgan suhbat va muloqotlarda bunday hamkorlikning ahamiyati alohida taʻkidlandi hamda nashriyot va matbaa sohasida, muhim ijtimoiy mavzularda birgalikda kitoblar, albomlar tayyorlash va nashr etish, yuksak malakali olimlar, tarjimon-filologlar, muharrirlar, nashriyot-matbaa xodimlari ishtirokida yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, oʻzaro tajriba va mutaxassislar almashish istiqbollari haqida atroflicha fikr yuritildi.
Mazkur koʻrgazma doirasida mamlakatimiz hayotiga oid yana bir muhim voqea boʻlib oʻtdi. “Davlat boshqaruvi toʻgʻrisida” kitobining asosiy tarjimonlaridan biri, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, taniqli adib va tarjimon Murtazo Qarshiboyev Xitoy Xalq Respublikasining “Matbuot sohasidagi ulkan hissasi uchun” mukofoti bilan taqdirlandi. Buyuk Britaniya, Yaponiya, Polsha, Rossiya, Latviya, Qirgʻiziston, Vengriya, Marokash, Eron, Nepal,Ruminiya kabi jami 15 davlatning xitoy tarixi, tili va adabiyoti boʻyicha nufuzli olimlari, tarjimon va mutaxassislari qatorida oʻzbektarjimonining ham ana shunday yuksak mukofotgasazovor boʻlganiyurtimiz va xalqimizga, boy tariximiz va madaniyatimizga, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotganislohotlarga ulkan ehtirom ifodasidir.