O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
SHHT MKKning yigʻilishi
2018-08-25 | ShHT
2018-yilning 20-24-avgust kunlari Choʻlpon ota shahrida (Qirgʻiziston) Shanxay hamkorlik tashkiloti aʼzo davlatlari Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Hindiston, Pokiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va Oʻzbekiston vakillari 2018-yil 10-iyun kuni SHHT Sammiti doirasida SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
SHHT MKK yigʻilishida SHHT aʼzo davlatlari Hukumat rahbarlari (bosh vazirlar) kengashi yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish hamda tashkilot joriy kun tartibining boshqa masalalari ham koʻrib chiqildi.