O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev: umumiy kelajagimiz – oʻzimizning qoʻlimizda

2018-08-24 | Siyosat

Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlarining keng doiradagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston delegatsiyalari aʼzolari, Jamgʻarma boshqaruvi vakillari ishtirok etdi.

Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi.

“Qariyb oʻn yillik tanaffusdan soʻng oʻtayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlarining bugungi tarixiy majlisi tashkilot faoliyatida yangi sahifa ochadi, Markaziy Osiyoda mintaqaviy sheriklikka katta surʼat bagʻishlaydi. Biz bu boradagi oʻzaro hamkorlikka qatʼiy tayyor ekanimizni yana bir bor tasdiqlaymiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Orol dengizi qurishining oqibatlari tobora chuqurlashayotgani, Orolboʻyi atrofidagi hududlar choʻllanishi davom etayotgani taʼkidlandi. Suv resurslari tanqisligi, yer degradatsiyasi, bioxilma-xillikning kamayishi va boshqa jiddiy iqlim oʻzgarishlari kuzatilayotganiga eʼtibor qaratildi.

“Shu bois bugungi uchrashuvimiz juda muhim. Ushbu halokat oqibatlarini yengib oʻtish va Orolboʻyida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, mamlakatlarimiz manfaatlarini hisobga olgan holda suv va ekologiya bilan bogʻliq muammolarni hal etish uchun saʼy-harakatlarimizni birlashtirishimiz zarur.

Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi bu boradagi yagona mintaqaviy tashkilotdir. U mamlakatlarimiz hamkorligining taʼsirchan mexanizmiga aylanishi mumkin.

Ishonamanki, tashkilot doirasida mintaqaning barcha mamlakatlari manfaatlari oʻrtasida muvozanatga erisha olamiz. Zero, umumiy kelajagimiz – oʻzimizning qoʻlimizda”, deya taʼkidladi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish, hududga innovatsion yechimlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va boshqa masalalar boʻyicha muhim takliflarni ilgari surdi.

Поделиться