O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maqomga oid yangi manba aniqlandi

2018-08-24 | Jamiyat

Qoʻqon madaniyati tarixi davlat muzeyi filiali – Qoʻqon adabiyot muzeyi ilmiy xodimlari tomonidan maqom sanʼatiga oid yangi manba aniqlandi.

Maqom sanʼati avloddan-avlodga sof tarzda yetkazib kelinmoqda. Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi boʻlgan milliy maqom sanʼati oʻzining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy anʼanalari bilan maʼnaviy hayotimizda muhim oʻrin egallaydi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi “Oʻzbek milliy maqom sanatini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda 6-10 sentyabr kunlari Shahrisabzda Xalqaro maqom sanʼati anjumani oʻtkazilishi ham uning nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

– Adabiyotshunosligimizning chorak asrlik gʻalabasini namoyish qiladigan “Mustaqilligimiz davrida adabiyotimiz” koʻrgazmasiga eksponatlar tanlayotgan paytda ilm ahliga nomaʼlum boʻlgan yangi manba aniqlandi, – deydi Qoʻqon madaniyati tarixi davlat muzeyi filiali – Qoʻqon adabiyot muzeyi ilmiy xodimi H.Otajonov. – Saqlanish raqami 452 boʻlgan qoʻlyozma toʻplam 1860 yilda Muhammad Abdulgʻofur ibn domla Xolmuhammad tomonidan kitobat qilingan. Qoʻlyozma toʻplam ustoz Abdurahmon Jomiy, hazrat Alisher Navoiy qalamiga mansub “Arbain” (40 hadis) tarjimalari bilan boshlanib, Bedil, Hofiz, Hoziq, Gʻoziyning gʻazal muxammaslari ham kiritilgan. Toʻplamdagi hikmatlar Navoiyning “Lisonut-tayr” devonidan olingani bilan ahamiyatlidir.

Qoʻlyozma toʻplamda akademik Aziz Qayumov aniqlagan Hoziqning Navoiy gʻazaliga bogʻlangan muxammasi ham bor. Toʻplamning 85-sahifasida “Maqomat, ilmi musiqa” deb sarlavha qoʻyilib, maqom haqidagi hikoyat, rivoyatlar keltirilgan. Risola sheʼr bilan boshlangan. Soʻngra maqom aytib oʻtilgan maʼlum manbalarni koʻrganimizda XV asrlardan boshlab Abu Nasr Forobiy (“Kitab ul-musiqa al Kabir”), Ibn Sino (“Javomeʼ ilm-ul-musiqiy”), Ibn Zayla (“Kitob ul-kafi fi al – musiqa”), Safiuddin al-Urmaviy (“Kitob ul – advor”), Zaynulobidin Husayniy (“Qonuni ilmi amali musiqiy”), Najmiddin Kavkabiy (“Dar bayoniy duvazdah maqom”), Abdurahmon Jomiy (“Risolai musiqiy”), Darvesh Ali Changiy (“Tuhfat us-surur”), Abdurauf Fitrat (“Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi”) singari allomalar asarlarida mumtoz musiqaning nazariy va amaliy asoslari tadqiq etib kelinganligini koʻramiz.

Yangi aniqlangan risolada ham maqomga mos baytlar keltirilgan, ular asosan forscha boʻlsa-da, oʻzbekcha baytlar ham berilgan. Topilmani maqomga qiziquvchilar uchun qoʻllanma – darslik sifatida yozilgan, deyish mumkin. Bugungi kunda mumtoz musiqaning mazkur betakror namunasini yoshlar ongiga singdirish, maqomni toʻgʻri talqin etish koʻnikmasini shakllantirish dolzarb vazifadir. Muzey jamgʻarmasidan aniqlangan yangi topilma musiqashunoslar, maqomchilar uchun tarixdan yangi sahifalar ochadi.

 

M.Sulaymonov, OʻzA

Поделиться