O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezidentlar tor doirada uchrashuv oʻtkazdi

2018-08-24 | Siyosat

Turkmanboshi shahridagi “Avaza” sayyohlik zonasida Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlari majlisi boshlandi.

Avval tor doirada uchrashuv boʻldi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov ishtirok etdi.

Majlisda Orol muammosi, hududdagi ekologik holatni yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan ishlar muhokama etildi.

Keyingi yillarda mamlakatimiz Orolboʻyi hududida qator keng miqyosli loyihalarni amalga oshirdi. Orol dengizi qurigan 350 ming gektar maydonga saksovul va shoʻrga chidamli oʻsimliklar ekilib, butazorlar barpo etildi. Bunday hududlarning umumiy maydoni qariyb 700 ming gektarga yetdi.

Orol halokati oqibatlarini yumshatish va Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha 2013-2017 yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida 500 dan ortiq loyiha amalga oshirildi. Ularning yarmidan koʻpi milliy loyihalardir.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 18 yanvardagi qaroriga muvofiq 2017-2021 yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi tuzildi va unga 200 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirildi.

Bu mablagʻlar hisobidan aniq amaliy ishlar qilinmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining suv taʼminoti, turmush sharoiti yaxshilanmoqda.

Uchrashuvda Orol muammosi oqibatlarini yumshatish, suvni tejash va hududdagi ekologik holatni yaxshilash, Markaziy Osiyo mamlakatlarining bu boradagi saʼy-harakatlarini birlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Поделиться