O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Xalqaro bolalar va oʻsmirlar teatrlari assotsiatsiyasi safiga rasman qabul qilindi

2018-08-24 | Jamiyat

Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri toʻqson yillik tantanalarini nishonlash arafasida ASSITEJ – Xalqaro bolalar va oʻsmirlar teatrlari assotsiatsiyasi safiga rasman qabul qilindi. 

Teatr qoshida ushbu tashkilotning Milliy markazi boʻlgan “ASSITEJ Oʻzbekiston” mahalliy teatrlarning chet el tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishda va dunyo teatr olamida sodir boʻlayotgan hodisalar haqida maʻlumot tarqatishda faol ishtirok etadi. ASSITEJ Oʻzbekiston, avvalambor, quyidagi yoʻnalishlarda faoliyat olib borishni rejalashtirgan:

● Yosh tomoshabinlar teatrlariga aholining eʻtiborini jalb qilish va ommalashtirish, chet el dramaturgiyasi namunalarining tarjimasi va moslashtirilishini tashkil etish va mahalliy mualliflarning qobiliyatlarini yana ham koʻproq namoyish etish;

● Bolalarga yoʻnaltirilgan mahalliy teatrlar faoliyatiga chet ellik mutaxassislarni jalb etish;

● Yosh tomoshabinlar uchun faoliyat olib borayotgan teatr jamoalarining xalqaro loyihalar, festivallar va ijodiy safarlarda ishtirok etishlariga koʻmaklashish;

● Yosh tomoshabinlar teatrlarining mahalliy va xalqaro festivallarini tashkil etish.

Ushbu maqsadlar yoʻlidagi eng muhim tadbirlardan biri 2019 yilning fevral oyida ASSITEJ ATSIA MEETING – tashkilotga aʻzo Osiyo davlatlari mutaxassislarining Toshkentdagi uchrashuvidir. Ushbu tadbirda 30ta davlatdan 60dan ortiq mutaxassis ishtirok etilishi kutilmoqda. Ushrashuvning asosiy mavzusi bolalarga moʻljallangan tomoshalar uchun yosh chegarasini aniqlash meʻzonlarini ishlab chiqish va oʻzaro hamkorlik hamda ijodiy safarlarni tashkil etish imkoniyatlari haqidadir. Bundan tashqari uchrashuv dasturiga mahalliy teatrlarning spektakllari namoyishi va tarixiy qadamjolarga sayohat ham kiritilgan.

Maʻlumot uchun:

ASSITEJ – (fr.) Association Internationale du Théâtre de lʻEnfance et la Jeunesse – 1965-yilda tashkil etilgan xalqaro nodavlat tashkiloti boʻlib, oʻz ijodini yosh, oʻsib kelayotgan avlodga yoʻnaltirgan butun dunyodagi teatr arboblarini birlashtiradi.

ASSITEJning maqsadlari:

Teatr sanʻati vositasida bolalar va oʻsmirlarni tarbiyalash va ularning rivojlanishiga zamin yaratish;

turli davlatlardagi teatr arboblari orasida gʻoyalar va madaniy anʻanalarning ayrboshlanishini yoʻlga qoʻyish;

bolalar va oʻsmirlar teatrlari mutaxassislarining xalqaro hamkorligiga koʻmaklashish.

Ushbu maqsadlar xalqaro doiradagi treninglar, ijodiy uchrashuvlar va namoyishlar, badiiy kengashlar, festivallar, yarmarkalar, ilimiy va amaliy konferensiya va seminarlar, vebinarlar va boshqalar orqali amalga oshiriladi.
 

Поделиться