O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tojikiston Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

2018-08-20 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara majmuasiga tashrif buyurdi.

Birinchi Prezidentimiz qabriga gul qo‘yilib, Qur’on tilovat qilindi.

Mazkur majmuaga har kuni yuzlab yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlar ziyoratga keladi. Ular orasida tojikistonliklar ham bor.

Tojikiston Prezidentining Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirishi xalqimizga ehtirom, mehr-oqibat ifodasi bo‘ldi. Emomali Rahmon Islom Karimovning dafn marosimida ham qatnashgan edi.

Mehmonga majmuada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab berildi.

Поделиться